2 o‘lim, 274 nafar yangi bemor: O‘zbekistonda pandemiyaning eng og‘ir kuni

Jamiyat

image

Bugun, 29 iyun kuni O‘zbekistonda 274 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 244 nafari Karantin muassasalarida, 30 nafari aholi orasida (shundan 20 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Buxoro viloyatida, 4 nafari Jizzax viloyatida) aniqlangan.

Kun davomida tibbiyot muassasalarida 167 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 115 nafar, Surxondaryo viloyatida 22 nafar, Buxoro viloyatida 12 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar) sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 8222 nafar bemordan 5496 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, kun davomida ikki kishi vafot etdi. Ularning biri Buxoroda, ikkinchisi Jizzaxda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2702 nafar bemordan 19 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 40 293 nafar, statsionar karantinda esa 23 485 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

690

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing