O‘zbekistonda inflyatsiya 11 foizgacha ko‘tarilishi mumkin. Bunga sabab nima?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2024 yil davomida inflyatsiya 9-11 foizgacha ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, umumiy inflyatsiya yil boshidan buyon pasayib, mart oyida yillik 8 foizni tashkil etgan edi. Bazaviy inflyatsiya sekinlashib, yillik 7,6 foiz darajasida shakllangan. Lekin 1 maydan ayrim tartibga solinadigan tariflar erkinlashtirilishi (gaz va svet narxi oshishi – tahr.) umumiy inflyatsiyaga ta’sir ko‘rsatib, ushbu ko‘rsatkichning oshishiga olib keladi.

"Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari inflyatsiyaning joriy va prognoz darajasidan yuqoriligicha qolmoqda. Shu bilan birga, tartibga solinadigan narxlarning to‘g‘rilanishi va aprel oyidan bir qator tovar va xizmatlarga QQS joriy etilishi ta’sirida inflyatsion kutilmalar dinamikasi yuqorilashi mumkin", deyiladi xabarda.

Markaziy bank 5 foizlik maqsadli ko‘rsatkichga 2023 yilda erishishi kerak edi. Ammo, ma’lum sabablarga ko‘ra 5 foizlik targetga erishish muddati 2025 yilgacha uzaytirildi. Prognozlarga ko‘ra, 2024 yilda bazaviy inflyatsiya 7-8 foizdan past bo‘lmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, inflyatsiya pulning tovarga nisbatan qadrsizlanishini bildiradi. Ushbu jarayon kuzatilganda tovarga nisbatan pul massasi ko‘payib ketadi.  

Bundan tashqari, Markaziy bank bir qancha iqtisodiy tahlillarni taqdim etdi. Jumladan:

  • 2024 yilning birinchi choragida 6,2 foiz iqtisodiy o‘sish kuzatilgan;
  • Yil boshidan buyon so‘m 0,9 foizga qadrsizlangan;
  • YAIM o‘sishi yil yakuniga 5,2-5,7 foiz oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.

Maqola muallifi

Teglar

inflyatsiya markaziy bank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing