Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqdi

Olam

image
Trampning esankiratuvchi qarori: Sulaymoniy qanday yo‘q qilindi north_east

Trampning esankiratuvchi qarori: Sulaymoniy qanday yo‘q qilindi

Kecha, 5 yanvar kuni Eron Islom Respublikasi yadro dasturi bo‘yicha “Hamkorlikdagi umumiy harakatlar rejasi”da (HUHR) belgilangan so‘nggi muhim cheklovdan ham voz kechib, kelishuvga amal qilishni to‘xtatishini ma’lum qildi.

“Eron yadro kelishuvi bo‘yicha, birinchi navbatda sentrifugalar soni bo‘yicha, cheklovlardan batamom voz kechadi. Shu tariqa Eron yadro dasturi bo‘yicha ishlab chiqarish borasida, jumladan uranni boyitish quvvati va bu sohada tadqiqotlar o‘tkazish va dasturni yanada rivojlantirishda hech qanday cheklovlarga ega bo‘lmaydi”, deb aytilgan Eron hukumati bayonotida.

Shunga qaramay, Eron Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Eronga qarshi sanksiyalar bekor qilinsa hamda uning manfaatlari kafolatlansa, yadro kelishuvi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajaradi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Abbos Musaviyning ta’kidlashicha, rasmiy Tehron HUHRni imzolagan beshta davlat bilan muzokaralarni davom ettiradi. Ammo bu AQSH general Qosim Sulaymoniyning qotilligi uchun javob berganidan keyin amalga oshadi.

HUHR 2015 yilda Eron va 6 ta davlat – AQSH, Rossiya, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya o‘rtasida imzolangan. Kelishuvda Eronga qarshi xalqaro sanksiyalar bekor qilinishi evaziga Tehronning o‘z yadro dasturini cheklashi ko‘zda tutilgan edi. Biroq 2018 yilda AQSH Prezidenti Donald Tramp kelishuvdan chiqib, Eronga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni tiklagandi. Shundan keyin rasmiy Tehron HUHR bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bosqichma-bosqich qisqartirishni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 yanvar kuni kechasi Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining "Quds" maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy Bag‘dodda AQSH havo hujumi natijasida o‘ldirilganidan keyin ikki davlat munosabatlari urush yoqasiga kelib qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

yadro dasturi AQSh-Eron Qosim Sulaymoniy

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made