Ertaga O‘zbekistonning qaysi hududlarida qor yog‘ishi ma’lum qilindi 

Jamiyat

image

O‘zgidromet 11 dekabr, dushanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab qor yog‘ishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Prognozga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kechasi va kunduzi tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunduzi ba’zi joylarda qor yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi -5/-10 daraja, kunduzi 0/-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi -2/-3 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida kechasi -5/-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi -2/-3 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi -2/-3 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kuchli qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va  kunduzi 0/-5 daraja sovuq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston qor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing