Farg‘onada 31 yoshli ayol 4 nafar erkak tomonidan zo‘rlandi (video)

3-sahifa

image

Farg‘onada 31 yoshli ayol 4 nafar erkak tomonidan zo‘rlandi. Erkaklarga nisbatan jinoyat ishi ochilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida sodir bo‘lgan. Fuqaro A.Y. tanishlari I.Yu, J.S. va B.S. bilan ayolni majburlab, tashlandiq shiyponga olib borgan. Ular ayolning B.S. bilan jinsiy aloqada bo‘lgan holatini videotasvirga olgan va ushbu videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan. Shundan so‘ng, ular D.U.ning erkiga qarshi nomusiga tegib, jinsiy ehtiyojlarini qondirgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayolning o‘ng bilagida qontalash iz bo‘lib, mazkur tan jarohati og‘irlik darajasiga ko‘ra 6 kundan ko‘p davom etmaydigan yengil shikastlar toifasiga kiradi. Tanasining boshqa joylarida jarohatlar aniqlanmagan.

Holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksning 118-moddasi (nomusga tegish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari yakunlanib, tegishliligi bo‘yicha sudlov organiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing