Floridada suv tubida 74 kun yashagan erkak rekord o‘rnatdi

Bu qiziq

image

Floridada universitet professori 74 kun suv ostidagi uyda yashab, jahon rekordini yangiladi. Bu haqda “Metro” nashri xabar berdi.

Bildirilishicha, professor Jozef Dituri tajriba tariqasida 2023 yil mart oyida Florida shtatining Key-Largo shahridagi laguna (tabiiy suv ombori)ning tubida to‘qqiz metr chuqurlikda joylashgan “Jyulning suv osti qarorgohi”ga joylashgan. 74 kunlik suv ostida qolgan odam o‘z tajribasini davom ettirib, 100 kunga yetkazmoqchi. Uning “Neptun 100 loyihasi” deb nomlangan missiyasi 9 iyunda yakunlanishi kerak.

Suv osti kemalaridan farqli o‘laroq, suv osti qarorgohi bosimga moslashishga yordam beradigan texnologiyadan foydalanmaydi. Avvalgi rekord 2014 yilda Tennessi shtatining ikki professori Bryus Kantrell va Jessika Feyn tomonidan o‘rnatilgan. Ular suv ostida 73 kunu 2 soat 34 daqiqa yashagan.

Dituri faqat rekord o‘rnatish uchun suv ostiga joylashmagan. Ma’ruzachi, sobiq dengiz zobiti va biotibbiyot muhandisligi fanlari nomzodi bo‘lgan tadqiqotchi, inson tanasi uzoq vaqt davomida yuqori bosim ostida o‘zini qanday tutishi haqida iloji boricha ko‘proq ma’lumot to‘plashni xohlashini aytgan. Shuning uchun u har kuni o‘zining hayotiy belgilari va umumiy farovonligini baholash uchun bir qator o‘lchovlar va kichik tajribalar o‘tkazmoqda.

Har kuni Dituri mikroto‘lqinli pechda losos filetosi va tuxumli idishlar kabi proteinga boy tushlik tayyorlab, iste’mol qiladi. Keyin u jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanadi va taxminan bir soat uxlaydi.

“Ushbu tajriba ortidagi g‘oya okeanlarni odamlar bilan to‘ldirishdir. Shunday qilib, siz ularga yaxshiroq g‘amxo‘rlik qilishingiz va hamma narsa tartibda ekanligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin”, degan Janubiy Florida universiteti professori va rekordchi Jozef Dituri.

Doktor Chuqur Dengiz laqabini olgan Dituri allaqachon dengiz tubidan o‘nlab onlayn ma’ruzalar va seminarlar o‘tkazgan. Uning darslarida 2,5 mingdan ortiq talaba qatnashdi. O‘zining tajribalariga qaramay, u Janubiy Florida universitetida okean fanlari va biotibbiyot muhandisligi talabalariga dars berishda davom etmoqda.

Dituriga ko‘ra, missiyasi davomida yetishmayotgan yagona narsa – bu quyosh nuri. Tajribadan oldin u har kuni quyosh chiqishini kuzatganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

tajriba Florida jahon rekordi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made