Fransiyada aholi Olimpiada o‘tkazilishiga qarshi mitingga chiqdi (video)

Sport

image

Fransiya poytaxti Parijda namoyishchilar mamlakatda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga qarshi norozilik bildirish uchun Olimpiya halqalarini yoqib yubordi. Bu haqda “Figaro” xabar berdi.

Avvaliga 1 maydagi namoyish mehnat bayramiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, keyinchalik u ommaviy noroziliklarga aylanib ketgan.

Qayd etilishicha, tartibsizliklar Parijdan tashqari Nant va Lion shaharlarida ham bo‘lib o‘tgan. Namoyish qatnashchilari shaharlardagi ma’muriy binolarga hujum qilishga uringan. Sent-Eten shahrida Yevroparlament deputatiga tuxum otilgan.

Politsiya namoyishchilarni ommaviy hibsga olgan.

Shuningdek, 1 may kuni bo‘lib o‘tgan mitinglarda namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan. Xususan, Parijda politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun tayoq va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Odamlar ko‘chalarda Falastin bayrog‘ini ko‘tarib, shahar do‘konlarining oynalarini sindirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Parij Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made