G‘azoga tashlanayotgan gumanitar yordam ham o‘lim quroliga aylanmoqda – TRT

Olam

image

Isroil hujumlarini davom ettirayotgan G‘azo shimoliga havodan tashlanayotgan gumanitar yordam qutilari ko‘plab odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda TRT xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘p hollarda samolyotlar yordamida havodan uloqtirilayotgan yuklarni olib tushayotgan parashyutlar ochilmay qolyapti. Oqibatda og‘ir qutilar hududda kutib turgan falastinliklarni bosib qolmoqda.

G‘azo fuqarolik mudofaa bo‘limi matbuot kotibi Mahmud Basal ham yozma bayonotida, G‘azo sektorining shimoliga yordam tariqasida tashlanayotgan gumanitar yordam parashyutlari negadir ochilmay qolayotganini istehzo qilgan.

"Ayni damda yordam kutayotgan bir guruh falastinliklar o‘zlarini o‘lim kutayotganini bilmay qolyapti. "Yaxshilik" ortidan ko‘plab falastinliklar halok bo‘lyapti, ba’zilari umrbod nogiron bo‘lib qolmoqda", degan Basal. 

Matbuot kotibi parashyuti ochilmay qolayotgan samolyotlar qaysi davlatlarga tegishli ekanini ochiqlamagan. Ayrim nashrlarga ko‘ra, bunday "yordam"ning aksari AQSH va uning ittifoqchilariga tegishli.


Maqola muallifi

Teglar

gumanitar yordam G'azo o'lim quroli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made