Genotsidni qurol bilan ta’minlash javobgarlikka sabab bo‘ladi – Xalqaro sud

Olam

image

Gaagadagi Xalqaro sud kecha, 30 aprel kuni Nikaragua tomonidan Germaniyaga qarshi qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha vaqtinchalik choralar ko‘rish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bu haqda sudning X'dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi

Vaqtinchalik choralar Germaniyadan Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qilishni o‘z ichiga oladi.

8 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro sud majlisida Nikaragua vakili Germaniyani to‘rt modda bo‘yicha xalqaro huquqni buzganlikda aybladi.

Birinchi bandga ko‘ra, Germaniya Isroilga harbiy, siyosiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish orqali G‘azo sektorida genotsid sodir etilishiga hissa qo‘shgan va Genotsid konvensiyasiga zid harakat qilgan. Qayd etilishicha, Germaniya Tel-Avivga qurol yetkazib berish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Nikaragualik huquqshunoslarning ta’kidlashicha, Berlin Isroilga bergan o‘q-dorilar G‘azo sektorida genotsid uchun foydalanilayotganini bilmay qolishi mumkin emas.

Ikkinchi bandga kelsak, Nikaragua advokatlari Germaniyaning Isroilga tank snaryadlari, Heron dronlari, zirhlar, tibbiy buyumlar va harbiy kemalar uchun o‘q-dorilar yuborib, bir vaqtning o‘zida Falastin aholisiga yordamni to‘xtatganida xalqaro gumanitar huquqning asosiy konvensiyalari va urf-odatlarini buzganligini ta’kidladi.

Uchinchidan, Nikaragua Germaniyani Isroilning davom etayotgan ishg‘oli va barcha Falastin hududlarini, birinchi navbatda G‘azoni anneksiya qilishda sheriklikda aybladi.

Va nihoyat, to‘rtinchidan, Nikaraguaning ta’kidlashicha, Germaniya Isroilning aparteid rejimi va falastinliklarga nisbatan kamsitishning oldini olish va hatto uni qo‘llab-quvvatlamay, majburiy xalqaro huquqqa zid ish qilgan.

Nikaragua tomonidan talab qilingan vaqtinchalik choralar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Germaniya Isroilga harbiy yordamni, xususan, Genotsid to‘g‘risidagi konvensiyani, xalqaro gumanitar huquqni yoki umumiy xalqaro huquqning boshqa majburiy normalarini buzgan holda ishlatilishi mumkin bo‘lgan harbiy texnikani yetkazib berishni darhol to‘xtatishi kerak;
  • Germaniya zudlik bilan Isroilga berilgan qurollar genotsid sodir etishda foydalanilmasligi, genotsid harakatlariga hissa qo‘shmasligi yoki xalqaro gumanitar huquqni buzgan holda qo‘llanilmasligi uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirishi kerak;
  • Germaniya gumanitar huquq bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish uchun zudlik bilan barcha zarur choralarni ko‘rishi kerak;
  • Germaniya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ish bilan shug‘ullanuvchi agentligiga (UNRWA) genotsid, genotsid aktlari va inson huquqlari buzilishining oldini olish majburiyati doirasida moliyalashtirishni to‘xtatish haqidagi qarorini bekor qilishi kerak.

BMT Xalqaro sudining Nikaraguaning Germaniyaga qarshi da’vosi asosida qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha vaqtinchalik choralar ko‘rish haqidagi qarorida bildirilishicha, qurolli mojaro ishtirokchilarini qurol bilan ta’minlagan davlatlar genotsid va boshqa urush jinoyatlari uchun javobgar bo‘lishi mumkin.

Sud qaroriga ko‘ra, "taqiq qo‘yishni talab qiladigan shoshilinchlik darajasi yo‘q". Qarorni 15 nafar sudya yoqlab, 1 nafari qarshi ovoz berdi.

Sud raisi, Livan sudyasi Navaf Salom tomonidan o‘qilgan hukmda, Jeneva konvensiyasining 1-moddasiga muvofiq, barcha davlatlar va ishtirokchilar har qanday sharoitda ham Konvensiyani hurmat qilishlari va unga rioya etilishini ta’minlashlari shartligi qayd etilgan. Ta’kidlanishicha, Xalqaro Sud G‘azo sektoridagi falastinliklarning "og‘ir yashash sharoitlaridan chuqur xavotirda".

Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi ishi bo‘yicha 28 martdagi Xalqaro sud qaroriga ishora qilgan Salam, G‘azodagi tinch aholi uzoq vaqt davomida oziq-ovqat va boshqa asosiy ehtiyojlardan keng mahrum bo‘lganini eslatdi. Bugungi qarorga ko‘ra, Xalqaro Sud “davlatlarni genotsid va boshqa harbiy jinoyatlar sodir etilgan mintaqaga qurol yetkazib bergani uchun javobgarlikka tortishi mumkin”.

Shu bilan birga, Xalqaro sud Nikaraguaning Germaniyaga qarshi Genotsidning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiyani buzganlikda ayblagan da’vosini rad etdi.

“Germaniya Isroilga yordam berishni, jumladan, qurol eksportini to‘xtatishga majbur emas”, deya qaror qildi Gaaga sudi.

Shu bilan birga, BMT sudi Germaniyaning sud jarayonini tugatish haqidagi iltimosini rad etdi.

Germaniya Nikaraguaning Berlin G‘azo sektorida genotsid sodir etilishiga yordam berayotgani haqidagi ayblovlarini qat’iyan rad etdi. Germaniya Tashqi ishlar vazirligining xalqaro huquq bo‘yicha komissari Tanya fon Uslar-Glyayxenning ta’kidlashicha, bunday ayblovlar "hech qanday qonuniy yoki faktik asosga ega emas". Fon Uslar-Glyayxenning aytishicha, Berlin xalqaro konvensiya va normalarni buzmayapti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya 2023 yil 7 oktyabrda HAMAS tomonidan Isroilga qilingan hujumdan keyin Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlaydi va Isroil xavfsizligi Germaniya uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. Ayni vaqtda Berlin G‘azo sektoridagi tinch aholi huquqlari va himoyasini ta’minlash choralarini ko‘rmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Isroil G'azo Gaaga Xalqaro sud Nikaragua

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made