Google nofaol hisoblarni o‘chirishni boshladi

Texnologiya

image

Google 1 dekabrdan foydalanilmayotgan akkauntlarni o‘chirishni boshladi. Bu haqda kompaniya xabar berdi. 

Unga ko‘ra, kompaniya joriy yilning so‘nggi oyi boshlanishi bilan Google Workspace'dagi ma’lumotlar (Gmail, Docs hujjatlari, audio qo‘ng‘iroq va video konferensiya xizmati, kalendar) va Google Photos bo‘limidagi ba’zi suratlarni o‘chirishni boshlagan.  

Izoh berilishicha, agar foydalanuvchi oxirgi 2 yil davomida Google xizmatlaridan biror marta ham foydalanmagan bo‘lsa, uning hisobi nofaol hisoblanadi. Bunday holatda ushbu akkauntlarning egalari nafaqat unga kirish huquqini, balki hisob orqali ro‘yxatga olingan Google xizmatlarida saqlangan barcha kontentlarini ham yo‘qotadi. 

Ammo kompaniya hisobni o‘chirishdan oldin foydalanuvchiga elektron pochta orqali bildirishnomalar yuborishini ham qo‘shimcha qilgan.

O‘z hisobini saqlab qolish uchun foydalanuvchilar shunchaki Google hisobiga kirishi va uni faollashitirishi kerak. Masalan, Gmail'dan elektron pochta xabarini ochishi, Google Drive, YouTube'ga nofaol hisobdan kirishi yoki veb-saytda ro‘yxatdan o‘tish uchun ulardan foydalanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google Isroil harbiylari talabiga ko‘ra, Isroil va G‘azo sektoridagi Google Maps va Waze ilovalaridagi trafik ma’lumotlarini o‘chirib qo‘ygandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Google akkaunt Gmail

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing