Guler “Real”dan ketmoqchimi?

Sport

image

19 yoshli turkiyalik futbolchi Arda Guler Madridning “Real” klubi rahbariyatidan ijara asosida o‘ynashi va ko‘proq amaliyotga ega bo‘lishi uchun uni boshqa jamoaga qo‘yib yuborishni so‘ragani haqida xabarlar tarqaldi. Ispaniyaning “Marca” nashri mazkur holatga oydinlik kiritdi.

Manbaga ko‘ra, aslida Gulerning ijarasi borasida na uning o‘zidan, na agentidan so‘rov bo‘lgan. Qaror faqat mavsum oxirida qabul qilinadi.

Taxminlarga ko‘ra, jismoniy holati Ardaning joriy mavsumda barqaror o‘ynashiga to‘sqinlik qilmoqda. Madridliklar rahbariyatining e’tirof etishicha, Guler “qirollik klubi”da o‘ynash uchun yetarli potensialga ega. 

Ma’lumot uchun, Guler “Real” safida 7 ta o‘yin o‘tkazib, jami 98 daqiqa o‘ynab, 1 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Arda Guler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made