HONOR kelajakda sun’iy intellekt qanday bo‘lishi haqida aytib berdi

Biznes

image

Brend sun’iy intellekt ishlashi uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

MWC Barcelona 2024 ko‘rgazmasida HONOR Device Co., Ltd. bosh direktori Jorj Chjao soha yetakchilari bilan sahnaga chiqib, guruh bo‘lib muhokama o‘tkazdi. Sessiyada, shuningdek, GSMA Ltd. bosh direktori Jon Xoffman va Qualcomm Technologies Inc. bosh direktori, MCX Group direktori Aleks Katuzyan ishtirok etdi. Ular birgalikda intuitiv, insonga yo‘naltirilgan tajribalarni taqdim etuvchi, ammo shu o‘rinda maxfiylikni ham saqlab qolgan holda, sun’iy intellekt qurilmalarini yaratish muhimligini ta’kidladilar.

“Biz ishonamizki, sun’iy intellekt operatsion tizimni qayta quradi va kelajakda smartfonlar bilan o‘zaro munosabatimizni o‘zgartiradi. HONOR sun’iy intellekt strategiyamizni uni MagicOS va barcha HONOR qurilmalariga integratsiyalash orqali rivojlantiradi va foydalanuvchilarni har bir o‘zaro aloqada quvontiradigan insoniy tajribani taqdim etadi”, deydi Jorj Chjao.

HONOR'ning qurilmadagi sun’iy intellekt bo‘yicha tajribasi MWC'da MagicOS 8.0 ning ishga tushirilishi bilan namoyon bo‘ldi, u platforma darajasidagi sun’iy intellekt va sanoatning birinchi maqsadli foydalanuvchi interfeysini (IUI) to‘liq birlashtiradi. MagicOS 8.0 shuningdek, Magic Portal bilan maqtana oladi, bu tavsiyalar funksiyasi foydalanuvchilarga birgina surish orqali ilovalararo xizmatlarga osongina o‘tish va ulardan foydalanish imkonini beradi. Tizim butun dunyo bo‘ylab 100 ta asosiy ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ochiq ekotizimdan foydalanish

HONOR Qualcomm va GSMA kabi ko‘plab global hamkorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda davom etadi.

"Biz platformalarimizda odamlarga innovatsiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etishni osonlashtirishni xohlaymiz", dedi Katuzyan. “Qualcomm'ning hamkorlar bilan ishlashi kompaniya uchun muhim ahamiyatga ega. Toki biz ular bilan innovatsiyalarni va hamkorlikni davom ettirar ekanmiz, bizning salohiyatimiz yanada oshadi”, deydi bosh direktor.

Unga ko‘ra, sun’iy intellekt sohasidagi hozirgi yutuqlar to‘lqini tarixda misli ko‘rilmagan holat va aqlli qurilmalarga katta ta’sir ko‘rsatadi. HONOR'ning strategik maqsadi – yangi yadro, yangi foydalanuvchi interfeysi va sun’iy intellekt tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan o‘zaro bog‘langan ekotizimga ega bo‘lgan sanoatdagi birinchi maqsadga asoslangan interfeys (IUI) ni joriy etish orqali MagicOS'ga sun’iy idrokni tatbiq etishdir.

Aleks Katuzyan, shuningdek, sun’iy intellektni qayta ishlashning bulutdan shaxsiy qurilmalarga, jumladan smartfonlar va shaxsiy kompyuterlarga o‘tish davom etayotganini aytib o‘tdi.

“Modellarni sifatliroq kvantlash yoki siqish hamda HONOR kabi hamkorlar va OT sotuvchilari kabi boshqa sanoat hamkorlari bilan qo‘lni qo‘lga berib ishlash orqali biz bulutli sun’iy intellektning kuchi va ma’lumotlaridan foydalanib, uning ko‘proq qismini qurilmaga o‘tkazishimiz mumkin bo‘ladi. Qurilmalarda sun’iy intellektning o‘sish salohiyati deyarli cheksizdir”, deydi u.

6G va sun’iy intellekt yordamida kelajakni shakllantirish

Sun’iy intellektning jadal rivojlanishi bilan 6G nafaqat qiziqarli imkoniyatlarni, balki murakkab muammolarni ham olib keladi. HONOR va GSMA MWC'da "6G Terminal istiqboli" texnik hujjatini chiqardi.

China Unicom, China Mobile, China Telecom, Du, Telstra va Inmarsat hamkorlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan ushbu istiqbolli hujjat 6G va sun’iy intellektning o‘zgaruvchan imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda insonga yo‘naltirilgan aqlli dunyo uchun tasavvurni belgilaydi. Hujjatda to‘qqizta potensial ssenariy, beshta asosiy tadqiqot yo‘nalishi va 6G terminallarining to‘rt tipik imkoniyatlari batafsil bayon etilgan.

Bu bilan HONOR va GSMA 6G kelajagini o‘rganishda birinchi qadamni qo‘ydi. HONOR sanoat hamkorlarini kuchlarni birlashtirishga, hamkorlikda tadqiqot olib borishga va 6G terminallari bo‘yicha sanoat konsensusi atrofida to‘planishni taklif qiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni HONOR kompaniyasining rasmiy telegram  hamda Instagram  sahifasidan olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing