HONOR xalqaro ko‘rgazmada yangi smartfonlarini taqdim etdi

Biznes

image

2024 yil 25 fevralda HONOR global texnologik brendi MWC 2024 (Mobile World Congress) xalqaro ko‘rgazmasida yangi keng qamrovli strategiyani taqdim etdi. Brend dunyoga o‘z innovatsiyalarini taqdim qildi va sun’iy intellekt davrini boshlab beruvchi brendlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

MWC 2024 ko‘rgazmasida HONOR kompaniyasi HONOR Magic6 Pro, HONOR MagicBook Pro 16 va PORSCHE DESIGN HONOR Magic V2 RSR noyob buklanadigan telefoni chiqarilishini e’lon qildi. Har bir gadjet HONOR sun’iy intellekti bilan jihozlangan.

"Biz sun’iy intellekt davriga o‘tayotganimizda, HONOR iste’molchilarimizning ehtiyojlarini qondirish uchun uzluksiz tajribalarni ta’minlaydigan, insonga yo‘naltirilgan innovatsiyalarni taqdim etishga intiladi. Biz sun’iy intellekt asosida ishlaydigan yangi HONOR smartfoni va shaxsiy kompyuterlarning global sotuvga chiqarilishini e’lon qilishdan xursandmiz, ular inson va qurilma o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir chegaralarini buzib, sohadagi yetakchi sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan foydalanuvchi tajribasida chinakamiga inqilob qiladi", deydi Jorj Chjao, HONOR Device Co. bosh direktori.

HONOR Magic6 Pro bilan sun’iy intellekt sehrini kashf eting!

HONOR Magic Series ning yangi modeli bo‘lmish HONOR Magic6 Pro nufuzli flagmani fotografiya, displey, ishlash va sun’iy intellektdan foydalanish tajribasida yutuqlarga ega. Insonga yo‘naltirilgan innovatsiyalarga sodiq holda, HONOR o‘z Android operatsion tizimining so‘nggi versiyasi bo‘lgan MagicOS 8.0 ni taqdim etdi, u HONORning to‘liq platforma darajasidagi sun’iy intellekt imkoniyatlarini taqdim etadi. HONOR foydalanuvchi tajribasida inqilob qilmoqda va odamlarning aqlli qurilmalari bilan aloqada bo‘lishlari uchun yangi, ko‘p modelli usullarni taqdim etmoqda.

Magic Capsule va Magic Portal bilan jihozlangan HONOR Magic6 Pro foydalanuvchilarga moslashtirilgan va intuitiv darajada tushunarli interfeys taqdim etadi. Ekran yuqori qismidagi bildirishnoma bannerini bosish orqali parametrlar oynasi kengayadi hamda qo‘shimcha ma’lumot va kerakli joyga tezkor kirishni taklif qiladi. Magic Portal ning sun’iy intellekti matnli xabarlardagi manzillarni tezda taniydi va qulay navigatsiya uchun foydalanuvchilarni Google Xaritalarga yo‘naltiradi. Ekran TikTok va Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlar uchun ham ma’lumotlarga kirish va almashishni osonlashtiradi, bu esa foydalanuvchilarga birgina surish orqali onlayn qidiruv natijalarini yo‘naltirish imkonini beradi. Bundan tashqari, Magic Portal foydalanuvchilarni o‘z mahsulotlarini topish va sotib olishlari mumkin bo‘lgan platformalarga muammosiz yo‘naltirish orqali tasvirga asoslangan xaridlarni soddalashtiradi.

Hamkorlar va ilova ishlab chiquvchilari bilan hamkorlik qilish orqali Magic Portal butun dunyo bo‘ylab eng ko‘p ishlatiladigan 100 dan ortiq ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydi va foydalanuvchilarga bir nechta platformalarda uzluksiz ishlashni taqdim etadi.

Eng kutilmagani — Porsche bilan hamkorlik

HONOR ko‘rgazmada Porsche Design kompaniyasi DNKsini o‘zida mujassam etgan buklanadigan Porsche Design HONOR Magic6 RSR smartfonini rasman taqdim etdi. Yangi smartfon o‘z hamkorining tezkor avtomobillarini eslatuvchi dadil dizayni va Porsche poyga avtomobili estetikasini eslatuvchi markazlashtirilgan yuqori unumdor kamerasi bilan hayratda qoldiradi.

Tez orada smartfon haqida batafsil to‘xtalamiz.

Yana bir yangilik — HONOR MagicBook Pro 16 noutbuki

HONOR shuningdek, HONOR MagicBook Pro 16 noutbukini sotuvga chiqardi. Sun’iy intellektga asoslangan ish faoliyatini yaxshilash HONOR smartfonlari, shaxsiy kompyuterlari va planshetlari o‘rtasida bildirishnomalarni almashish va kontentni sinxronlashni osonlashtiradi. Bu kerakli fotosuratlar, videolar va boshqa fayllarni uzatish uchun maksimal qulaylikni ta’minlaydigan MagicRing tufayli imkonlidir.

Eng so‘nggi mahsulot — HONOR Pad 9

Brendning yana bir yangi mahsuloti HONOR Pad 9 planshetidir. U 2,5K o‘lchamiga va 120 Gs yangilanish chastotasiga ega ajoyib 12,1 dyuymli HONOR FullView displeyiga, sakkiz dinamikli audio tizimiga va o‘rnatilgan HONOR Histen audio sozlash texnologiyasiga ega. HONOR Pad 9 — ajoyib foydalanish qulayligi va o‘ziga xos dizaynga ega planshet.

Yangi mahsulotlarning mavjud ranglari

HONOR Magic6 Pro zamonaviy uslub va jozibadorlikni yoqtiruvchi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Smartfon qora va to‘q yashil ranglarda taqdim etiladi.

Porschening mashhur avtomobillariga hurmat bajo keltirgan holda, Porsche Design HONOR Magic V2 RSR smartfoni Agate Grey rangida sotuvga chiqariladi.

HONOR MagicBook 16 Pro noutbuki oq va tim qora ranglarda sotuvga chiqariladi.

HONOR Pad 9 plansheti ikkita rangda taqdim etiladi: “kosmik kulrang” va “moviy ko‘l”.

Gadjetlar narxlari va O‘zbekiston bozoriga kelishi haqida batafsil tez orada bilib olamiz, hozircha esa brend uchun xursand bo‘lishimiz hamda ishlab chiquvchilarga bir joyda turmagani va qurilmalarimiz uchun yangi innovatsion yechimlarni taklif qilgani uchun minnatdorchilik bildirishimiz mumkin.

HONOR kompaniyasi haqida

HONOR – aqlli qurilmalarni yetkazib berish bo‘yicha dunyoda yetakchi. Kompaniya global texnologiya brendiga aylanishni hamda kuchli mahsulot va xizmatlar orqali har bir foydalanuvchi uchun aqlli tajribalarning yangi dunyosini yaratishni maqsad qilgan. Yangi tadqiqot va texnologiyalardan foydalangan holda, kompaniya butun dunyo bo‘ylab odamlarga odatiy chegaralardan chiqib, yanada ko‘prog‘iga erishish erkinligini beradigan texnologiyalarni ishlab chiqadi. HONOR innovatsion, premium mahsulotlari har bir byudjetga mos keladigan yuqori sifatli smartfonlar, planshetlar, noutbuklar va boshqa qurilmalarning keng tanlovini taklif etadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni HONOR kompaniyasining rasmiy sayti hamda Instagram sahifasidan olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing