HONOR jahon OAVning 45 ta mukofotiga sazovor bo‘ldi

Biznes

image

HONOR global texnologiya brendi “Mobile World Congress 2024”da sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha yangi strategiyani hamda HONOR Magic 6 Pro flagman smartfoni va mutlaqo yangi HONOR MagicBook Pro 16 noutbukining global sotuvga chiqarilishini e’lon qildi. Innovatsion foydalanuvchi interfeysi va sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan Magic Portal va MagicRing qurilmalari ekotizimli o‘zaro aloqa funksiyalari jahon ommaviy axborot vositalarida keng e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Bu yil “MWC”da HONOR brendi ommaviy axborot vositalaridan 45 ta mukofot oldi. Android Headlines jurnalistlari HONOR Magic Pro’ni “Best of MWC 2024” deb topib, yangi smartfon oldinga tashlangan muhim qadam ekanini ta’kidladi. “Android Police”ning qayd etishicha, Magic 6 Pro bilan HONOR apparat ta’minoti darajasini bir pog‘onaga ko‘targan va ba’zi muhim sohalarda raqobatchilardan ilgarilab ketgan. Shuningdek, CNET jurnalistlari Magic 6 Pro joriy yilda mavjud bo‘lgan eng jozibali Android flagmanlaridan biri ekanini e’tirof etdi. HONOR Magic 6 Pro’ning ajoyib ishlashidan hayratda qolgan “GQ Spain” moda jurnali HONOR Magic Pro seriyasi HONOR kompaniyasining eng yaxshi apparat va dasturiy ta’minotni o‘zida mujassam etgan nufuzli mahsuloti ekanini bildirdi.

HONOR tarixida birinchi marta sun’iy intellektga ega noutbuk HONOR MagicBook Pro 16 jahon bozoriga chiqarildi va jahon ommaviy axborot vositalarining tasdig‘idan o‘tdi. “Mashable” jurnalistlari HONOR MagicBook Pro 16'ni “MWC 2024”ning eng yaxshi noutbuklari ro‘yxatiga kiritdi. “Android Authority” “MWC 2024'ning eng kuchli nomzodi” mukofotini topshirdi va HONOR MagicBook 16 Pro sun’iy intellekt asosida yaratilgan kuchli noutbuk ekanini ta’kidladi. Bundan tashqari, “Trusted Reviews” HONOR MagicBook Pro 16'ni “Best in Show” mukofoti bilan taqdirladi va u intellektual tasvir qidiruvi, hujjatlarning qisqacha tavsifi, matnni tushunish, AI Subtitle va Magic Text AI foydalanuvchilarga kundalik vazifalarni hal qilishga yordam beradigan kelajak ramzi ekanini aytdi.

HONOR Magic V2 RSR ham jahon OAVlarining e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Smartfon ko‘rgazmada taqdim etilgan eng yaxshi mahsulotlarga beriladigan “GLOMO Best in Show” nufuzli sanoat mukofoti bilan taqdirlandi. “Cosmopolitan” buklanuvchi smartfonni London moda haftaligidagi eng yaxshi yangi mahsulotlar ro‘yxatiga kiritib, HONOR Magic V2 RSR dizayndagi inqilob ekanini aytdi.

Yangi HONOR mahsulotlari biz sun’iy intellekt davriga kirganimizni va tez orada har bir inson yangi texnologiyalar bilan yaqindan aloqada bo‘lishini isbotladi. HONOR kompaniyasining yangi mahsulotlari tez orada O‘zbekiston bozorida paydo bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni HONOR kompaniyasining rasmiy telegram  hamda Instagram  sahifasidan olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing