Ibrohimhalil Yo‘ldoshev va Hojimat Erkinov U-23 Osiyo kubogida ishtirok etadi

Sport

image

Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vahda” klubi a’zosi Hojimat Erkinov Qatar yashil maydonlarida start olgan Osiyo kubogida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga yordam beradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, O‘FA Hojimat Erkinovning Osiyo kubogida ishtirok etishi borasida kelishuvga erishgan. Futbolchi yaqin vaqt ichida terma jamoa ixtiyoriga yetib kelishi kutilmoqda.

“Ayni paytda legionerlarimizning klublari bilan muzokaralar davom etmoqda. Muzokaralar natijasi O‘FA rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi”, deyiladi manba xabarida.

Shuningdek, Rossiyaning “Nijniy Novgorod” klubi a’zosi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev ham Temur Kapadze boshchiligidagi jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Osiyo kubogidagi dastlabki o‘yinini iordaniyalik hakamlar brigadasi boshqarib borishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo kubogi Ibrohimhalil Yo'ldoshev Hojimat Erkinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made