Ispaniyada yana “Real” futbolchisi irqchilik “qurboni” bo‘ldi

Sport

image

Ispaniya huquq-tartibot idoralari “Real” klubi a’zosi bilan bog‘liq yangi irqchilik mojarosini tekshirmoqda. Bu haqda “Sky Sport” xabar berdi.

Gap shundaki, “Malorka” muxlisi “Real Madrid” yarim himoyachisi Orelen Chuameniga qarata har xil irqchilik bilan bog‘liq imo-ishoralarni ko‘rsatgan. Voqea Ispaniya chempionati 31-tur uchrashuvida (0:1) yuz berdi. Aynan shu epizod bo‘yicha hozirda mahalliy politsiya ish olib bormoqda.

“Malorka” klubi ham holat bo‘yicha bayonot berib, muxlisni irqchilik qilganini tasdiqlab, bunday xatti-harakatni qoralagan va muxlisni aniqlab, uni jazolash uchun politsiya bilan hamkorlik qilishga va’da bergan.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Chuameni barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Mal'orka Orel'en Chuameni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made