Isroil armiyasi G‘azodagi BMT agentligi binosini o‘qqa tutdi

Olam

image

Isroil armiyasi G‘azo sektorining markaziy qismidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) binosini o‘qqa tutdi. Bu haqda Isroilning “Kan” telekanali xabar berdi. 

Isroil armiyasi bu binodan HAMAS harakati tomonidan “harbiy qo‘mondonlik markazi” sifatida foydalanilganini da’vo qilmoqda. Bundan tashqari, Isroil armiyasi G‘azoda aholi boshpana topgan ikki maktab hududini o‘qqa tutdi, tinch aholi halok bo‘ldi.

Isroil bundan avval ham G‘azodagi UNRWA markazlariga hujumlar uyushtirgan.

Qayd etish joizki, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarning ixtiyoriy badallari hisobidan moliyalashtirilgan UNRWA 1950 yildan beri falastinlik qochqinlarga oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash, ta’lim va uy-joy kabi insonparvarlik yordamini ko‘rsatuvchi asosiy tashkilot bo‘lib kelgan. Agentlik 5,9 million falastinlik qochqinga yordam beradi. 74 yil davomida falastinliklarni davolamoqchi bo‘lgan UNRWA muassasalari bir necha bor Isroil tomonidan nishonga olingan, bu vaqt ichida tonnalab oziq-ovqat va dori vositalari yo‘q qilingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq UNRWA olib ketayotgan insonparvarlik oziq-ovqat karvoni Isroil dengiz kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Isroil HAMAS UNRWA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made