Nega O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aholi orasida ko‘paymoqda?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda koronavirusga chalinish holati, xususan aholi orasida virus yuqtirib olganlar ko‘paydi. Bu tashvishli holat, albatta. Ho‘sh, nega koronavirus infeksiyasi aholi orasida ko‘paymoqda?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov mazkur savolga javob berib o‘tdi.

“Karantin choralari yumshatilganidan so‘ng ko‘pchilik karantin qoidalariga rioya qilmay qo‘ydi. Niqoblarni haftalab almashtirmay, ijtimoiy masofaga rioya qilmay qo‘yishdi.

Keng aholi qatlami bilan muloqot boshlanib ketgani natijasida aholi orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlana boshlandi”, deydi Otabekov.

Nurmat Otabekov mamlakatda karantin choralari bekor qilinmaganini, kasalliklar ortib borsa, cheklovlar qayta kuchaytirilishini ma’lum qildi.

“Krantin tadbirlari bekor qilingani yo‘q!

Aholi orasida kasallanish sur’ati shu tarzda oshib borsa karantin tadbirlari yana-da kuchaytirilishi mumkin”, deydi Otabekov.

Bosh davlat sanitariya inspektorining so‘zlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi asosan 80 foiz holatda yengil kechadi, 15 foiz holatda o‘rta og‘irlikda va faqat 3-5 foiz holatda og‘ir, ya’ni nafas yetishmovchiligi bilan kechadi.

“Kasallikga chalinganlarni erta aniqlash ishlarining yo‘lga qo‘yilganligi kasallik kechishida ijobiy natijalarga erishish imkonini beryapti.

Biroq virusning kultural, morfologik, antigen, serologik xususiyatlari, virulentligi, patogenligi kabi masalalar hali ko‘plab o‘rganiladi. Shuning uchun aniq biror to‘xtamga kelishga hali erta”, deydi Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirilgan edi.

Ammo karantin cheklovlari biroz yumshatildi. Xususan, “yashil” hududlarda belgilangan tartibda to‘y va oilaviy marosimlar o‘tkazishga hamda viloyatlararo harakatlanuvchi avtobuslar qatnoviga ruxsat berildi. 5 iyundan O‘zbekistonda futbol musobaqalarini davom ettirish belgilandi. Shu bilan birga barcha hududlar uchun birdek o‘z kuchida qoladigan cheklovlar ham e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

406

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made