Niqoblar havo o‘tkazmay o‘pkani quritishi mumkinmi? 

Foydali

image

O‘zbekistonda pandemiya davrida barcha tibbiy niqobini taqib yurishi majburi talab darajasiga chiqarildi. 

Ammo ko‘plab mutaxassislar muntazam niqob taqish foydadan ko‘ra zarar bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Taqilayotgan niqoblar o‘pkadan chiqayotgan karbonat angidridni yana qayta o‘pkaga kirishi natijasida ushbu organni zararlashi mumkinmi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov bu fikrni rad etdi. 

Ta’kidlanishicha, niqoblar asosan to‘siq vazifasini bajaradi. Bemor odam aksirganda, yo‘talganda havoga tarqatadigan mayda zarrachalarni to‘sib qoladi, lekin havoni bemalol o‘tkazadi. Karbonat angidriddan zaharlanib qolish mumkin degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri. 

“Hozirgi kunda COVID-19 infeksiyasi bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlari soatlab niqobni yechmay bemorlarga qarashadi. Albatta niqoblardan to‘g‘ri foydalanishga ahamiyat berish kerak, ya’ni uni har 2 soatda almashtirib turish lozim”, deydi Nurmat Otabekov.

Ma’lum qilinishicha, doka niqoblarni vaqtida taqilgani uchun emas balki, uni vaqtida almashtirilmagani, niqoblarni har xil rangga bo‘yab olingani va unga har xil hid beruvchilarni sepilgani uchun ko‘proq zararlanishimiz mumkin.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

249

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made