O‘zbekistonda buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilishi kutilmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilingan. 

“Odamlar menga buyum bozorlarini ochish bo‘yicha juda ko‘p xatlar yozyapti. Shuning uchun hamma choralarni ko‘rib, buyum bozorlariga ham ruxsatni berishni boshlaymiz”, deydi Prezident. 

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, buyum bozorlarining ochilishiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya bosh bo‘ladi. Ular alohida reja asosida mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda buyum bozorlarida karantinni yengillashtirish choralarini ko‘rib chiqadi.  

“Biz, albatta, karantinga juda katta e’tibor qaratamiz. Bugundan boshlab karantin normalariga qattiqroq e’tibor beramiz. Ogoh bo‘lib, tartib-intizomga qattiq qarash kerak. Shu sharoitda ishlashga, yashashga o‘rganishimiz kerak. Boshqa yo‘limiz yo‘q, ish uslubimiz shunday bo‘lishi kerak: 50 foiz karantin, 50 iqtisodiyot”, deydi Mirziyoyev. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirildi. Qarorga ko‘ra, barcha hududlarda ularning toifasidan qat’i nazar buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat bermaslik bo‘yicha taqiq o‘z kuchida qolgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin buyum bozori

Baholaganlar

444

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing