Qashqadaryoda tog‘a jiyani uchun, singil esa akasi uchun buyragidan kechdi

Salomatlik

image

Qashqadaryoda tog‘aning bir buyragi jiyaniga, singilniki esa akasiga ko‘chirib o‘tkazildi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Unga ko‘ra, Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda navbatdagi tranplantatsiya amaliyotlari o‘tkazilgan.  

"Kosonlik Muhriddin G‘aniyev 28 yoshda. U bir necha yildan buyon surunkali buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekib keladi. Bemorga 44 yoshli tog‘asi Bahodir Panjiyevning buyragi ko‘chirib o‘tkazildi. Ayni paytda tog‘a-jiyan o‘zlarini yaxshi his etmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Aytilishicha, 27 yoshli Baxtiyor Egamov ham 2018 yildan buyon buyrak xastaligi bois gemodializ muolajalarini olib kelgan. Chuqur tahlil va tekshiruvlardan so‘ng unga 25 yoshli singlisi Nigoraning buyragi mos kelishi aniqlangan. Nigora uzoq o‘ylanib o‘tirmay, jigariga donor bo‘lishga rozilik bildirgan.

Murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo buyrak transplantatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing