“Qatarlik Ronaldino” faoliyatini Ispaniya grandida davom ettirishi mumkin

Sport

image

27 yoshida Qatar futbolining afsonasiga aylanib ulgurgan, bir paytlar Ispaniya chempionatidagi muvaffaqiyatsiz o‘yinlari bilan muxlislar yodida qolgan Akram Afif yana La Ligaga klubiga o‘tishi mumkin.  Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bir qancha Ispaniya klublari, jumladan “Sevilya” “qatarlik Ronaldino”ni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Afifning Andalusiya klubiga o‘tishiga Yevropa fuqarosi emasligi hamda yuqori maosh talabi to‘sqinlik qilishi mumkin. Shunga qaramay Afifning o‘zi Yevropada o‘ynash uchun maoshini kamaytirishga tayyor.

U “Sevilya” va “Vilyarreal” akademiyalari tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2020 yilgacha “sariq suvosti kemasi”ga tegishli bo‘lgan. Futbolchi Ispaniyadagi faoliyatining ko‘p qismini “Sporting Xixon”da o‘tkazgan.

Joriy mavsumda qanot hujumchisi hozirda o‘zi o‘ynayotgan Qatarning “Al-Sadd” jamoasi safida 27 ta o‘yinda 26 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldin'o Qatar Ispaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made