Qaysi viloyatda yengil avtomobillar soni ko‘p?

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 3 759 045 tani tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2023 yil mobaynida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 362 525 taga oshgan.

Shuningdek, yengil avtomobillar sonining eng ko‘pi Toshkent shahrida – 597 ming 931 ta. Mazkur reytingda keyingi o‘rinda Samarqand viloyati – 417 ming 165 ta. 

Hududlar kesimida avtomobillar soni:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 161 926 ta
  • Andijon viloyati – 271 885 ta
  • Buxoro viloyati – 241 855 ta
  • Jizzax viloyati – 109 657 ta
  • Qashqadaryo viloyati – 297 305 ta
  • Navoiy viloyati – 109 274 ta
  • Namangan viloyati – 247 032 ta
  • Samarqand viloyati – 417 165 ta
  • Surxondaryo viloyati – 233 675 ta
  • Sirdaryo viloyati – 75 116 ta
  • Toshkent viloyati – 414 645 ta
  • Farg‘ona viloyati – 354 858 ta
  • Xorazm viloyati – 226 721 ta
  • Toshkent shahri – 597 931 ta

Eslatib o‘tamiz, oldinroq o‘zbekistonliklarning qancha shaxsiy avtomashinasi borligi aniqlangandi.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

engil avtomobillar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar