“Qirg‘inni shunchaki kuzatib bo‘lmaydi”. Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini uzdi

Olam

image

Turkiya Isroil bilan hajmi 9,5 mlrd dollarga teng barcha savdo aloqalarini uzdi. Ushbu ma’lumotni Tel-Aviv ham rasman tasdiqladi.

"Isroilning falastinliklarga nisbatan genotsidini qabul qilib bo‘lmaydi. SAXAL 40-45 ming tinch aholini o‘ldirdi. Biz musulmon o‘laroq ushbu qirg‘inni shunchaki kuzatib turishimizning imkoni yo‘q. Chora ko‘rishga majbur bo‘ldik va kerakli qadamni tashladik", degan Erdo‘g‘an Istanbuldagi matbuot anjumanida.

Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats ham buni tasdiqladi. U bunga javoban Erdo‘g‘anni ayblagan.

"Turk xalqi va ishbilarmonlari manfaatlarini mensimay, xalqaro savdo kelishuvlarini e’tiborsiz qoldiradigan diktator o‘zini aynan shunday tutadi", deb yozgan vazir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hukumat allaqachon o‘z qo‘li ostidagilarga Isroil mahsulotlari uchun muqobil xaridorlar topishga ko‘rsatma bergan va ayni vaqtda Turkiya mahsulotlari o‘rnini bosuvchi manbalar ham qidirilmoqda.

Turkiya savdo vaziri Umar Bolatning ta’kidlashicha, Isroil bilan muzlatilgan savdo aloqalari G‘azo sektoridagi harbiy harakatlar to‘xtatilmagunicha tiklanmaydi. Bu qiyin qarorga sektordagi gumanitar fojia og‘irlashayotgani hamda Isroilning murosasiz pozitsiyasi sabab kelingan.

"Juma kunidan boshlab Turkiya o‘z mahsulotlarining Isroilga eksportini va Isroil mahsulotlari importini to‘liq to‘xtatdi", degan u.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing