Qozog‘istonda qizamiqdan ikki bola vafot etdi

Olam

image

Qozog‘istonda qizamiqdan ikki bola vafot etdi. Bu haqda mamlakat bosh sanitar shifokori Ayjan Esmagambetova ma’lum qildi.

“Ostona va Sharqiy Qozog‘iston viloyatida ikkita o‘lim qayd etildi. Bular bir yoshgacha bo‘lgan bolalar, ya’ni emlash yoshiga yetmagan bolalar. Bolalardan biri muddatidan oldin tug‘ilgan, ko‘plab patologiyalar bo‘lgan, keyin qizamiq qo‘shilgan”, deydi Ayjan Esmagambetova.

Shuningdek, u qizamiq bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi faqatgina Qozog‘iston uchun xos emasligini aytgan. Asosiy sabab sifatida COVID-19 pandemiyasi davrida emlashlarning to‘xtatilishi keltirilgan.

“Ushbu davrda ko‘plab emlanmagan bolalar to‘planib qoldi. Qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyatning asoratlari esa 2022 yilda COVID cheklovlari tugaganidan keyin boshlandi”, deydi mamlakat bosh sanitariya shifokori.

25 dekabr holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda 26 815 ta qizamiq bilan kasallanish rasman qayd etilgan, 18-24 dekabr kunlari bir hafta ichida 2373 ta, 24 dekabr kuni esa bir kun ichida 297 ta yangi holat aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston qizamiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made