Qozog‘istonda sobiq vazir “Qonli yanvar” ishi bo‘yicha 2 oyga hibsga olindi

Olam

image

Qozog‘istondagi Ostona sudi respublikaning sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turg‘umbayevni hibsga olishga ruxsat berdi. Bu haqda respublika Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

U 2022 yil yanvaridagi ommaviy tartibsizliklarda ayblanmoqda.

“Ixtisoslashtirilgan tergov sudi Ye.Z.Turg‘umbayevga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llashga ruxsat berdi”, deyiladi xabarda,

Shunday qilib, sobiq vazirning keyingi ikki oyni tergov hibsxonasida o‘tkazishi belgilandi.

Qayd etish joizki, uning qo‘lga olinishi mamlakatda 2022 yil yanvarda yuz bergan tartibsizliklar bo‘yicha o‘tkazilgan tergov bilan bog‘liq. Ilgari u bu ishda guvoh sifatida ishtirok etgan.

Yerlan Turg‘umbayev Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligida 1984 yildan buyon ishlab kelgan. Yillar davomida u Shimoliy Qozog‘iston viloyati, Olmaota politsiyasi boshlig‘i, Tergov qo‘mitasi raisi bo‘lgan. 2012 yilda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘ldi. 2019 yildan Yerlan Turg‘umbayev Ichki ishlar vazirligini boshqarishni boshladi. 2022 yilning fevralida u lavozimidan ozod etilgan.

O‘sha yilning yanvar oyida Olmaota va Qozog‘istonning boshqa shaharlarida suyultirilgan gaz narxi oshishi sababli ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Olmaotada namoyishlar qurollangan odamlar ishtirokidagi tartibsizliklarga aylangan, namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgani xabar qilingan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tartibsizliklarda 238 kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Yerlan Turg‘umbayev 30 aprel kuni og‘ir oqibatlarga olib kelgan vakolat va mansab vakolatini suiiste’mol qilish moddasi bo‘yicha hibsga olingandi. Davlat sirlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar mavjudligi sababli ishning boshqa tafsilotlari oshkor etilmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qonli yanvar'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing