Qozog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri “yanvar voqealari” bo‘yicha qo‘lga olindi

Olam

image

Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turg‘umbayev qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, uning qo‘lga olinishi mamlakatda 2022 yil yanvarda yuz bergan tartibsizliklar bo‘yicha o‘tkazilgan tergov bilan bog‘liq. Ilgari u bu ishda guvoh sifatida ishtirok etgan.

Yerlan Turg‘umbayev og‘ir oqibatlarga olib kelgan vakolat va mansab vakolatini suiiste’mol qilish moddasi bo‘yicha hibsga olingan. Davlat sirlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar mavjudligi sababli ishning boshqa tafsilotlari oshkor etilmayapti.

Yerlan Turg‘umbayev Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligida 1984 yildan buyon ishlab kelgan. Yillar davomida u Shimoliy Qozog‘iston viloyati, Olmaota politsiyasi boshlig‘i, Tergov qo‘mitasi raisi bo‘lgan. 2012 yilda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘ldi. 2019 yildan Yerlan Turg‘umbayev Ichki ishlar vazirligini boshqarishni boshladi. 2022 yilning fevralida u lavozimidan ozod etilgan.

O‘sha yilning yanvar oyida Olmaota va Qozog‘istonning boshqa shaharlarida suyultirilgan gaz narxi oshishi sababli ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Olmaotada namoyishlar qurollangan odamlar ishtirokidagi tartibsizliklarga aylangan, namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgani xabar qilingan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tartibsizliklarda 238 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Erlan Turg'umbaev yanvar' voqealari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing