Qo‘qonda maktab o‘quvchisi mashinada odam urib yubordi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 11-sinf o‘quvchisi avtomashina boshqarib ketayotganida odam urib yuborgani, jabrlanuvchining jarohatlari jiddiy bo‘lishiga qaramasdan IIB profilaktika inspektori uning ota-onasidan bemorni shifoxonadan olib ketishini talab qilgani haqidagi xabar tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha viloyat IIB munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 25 aprel kuni  Qo‘qon shahar Usmon Nosir ko‘chasidagi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyoda 2000 yilda tug‘ilgan B.M. (ayol)ni 2006 yilda tug‘ilgan haydovchi Q.A. o‘z boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinasida turtib yuborgan.

IIBning bildirishicha, haydovchi piyodaga birinchi yordam ko‘rsatib, shifoxonaga olib borgan. 

“Hozirda B.M.ning olgan tan jarohatining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida Sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishilgan. Shuningdek, xabarda keltirilgan IIO xodimining xatti-harakatlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Yakuniga ko‘ra, har bir holatga huquqiy baho beriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Navoiy viloyatining Karmana tumanida 8- va 9-sinf o‘quvchilari o‘zganing Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotganda yo‘l-transport hodisasiga uchragandi.  Oqibatda ikki nafar o‘quvchi voqea joyida halok bo‘lgan. Uchinchisi og‘ir tan jarohati oldi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH o'quvchi Matiz Qo'qon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made