Xalqaro echkilar kunini nishonlash haqidagi taklif ma’qullandi

Bu qiziq

image

BMT Bosh Assambleyasi Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning taklifini inobatga olib, 24 mayni Xalqaro morxo‘r kuni sifatida nishonlashga qaror qildi. Bu haqda "Xovar" axborot agentligi xabar berdi.

"Xalqaro morxo‘r kunini e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiya homiylari – Afg‘oniston, Vengriya, Isroil, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondir", deyiladi agentlikning xabarida.

Qayd etilishicha, ushbu noyob jonzotning omon qolishi uchun eng katta tahdid yashash joyini yo‘qotish, noqonuniy ov qilish, jumladan brakonerlik va iqlim o‘zgarishi bo‘lib qolmoqda.

Qarorga ko‘ra, 24 may – Xalqaro morxo‘r kunida mamlakatlar va tashkilotlar ushbu muhim kichik turni asrab-avaylashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazishi lozim. 

Ma’lumot uchun, morxo‘r (Capra falconeri) – O‘zbekiston va xalqaro "Qizil kitob"iga kiritilgan, tog‘ echkilari urug‘iga mansub noyob hayvon turi hisoblanadi. Mazkur hayvon turini nobud qilish Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.

Tog‘ echkilari oilasiga mansub morxo‘r nomi forscha mor - "ilon" va xo‘r - "yemoq" so‘zlaridan olingan. Nima uchundir mahalliy aholi morxo‘rlar ilonlarni qidirib topadi va ularni yeydi, deya ishonishgan. Shu sababli mahalliy aholi ilon chaqqan odamga morxo‘r go‘shti davo bo‘ladi, deyishgan. Albatta bu afsonaning hech qanday ilmiy isboti yo‘q bo‘lib, morxo‘rlar ham faqat giyohlar, o‘t-o‘lanlar bilan kun ko‘radilar. Ilon esa, barcha afsonalarga zid o‘laroq, uning ozuqa ratsioniga kirmaydi.

Morxo‘rlar shimoliy va shimoliy-g‘arbiy Hindiston, janubiy-sharqiy Eron va Afg‘onistonda tarqalgan. O‘zbekistonda Ko‘hitang va Bobotog‘da uchraydi. Qoya toshli tik tog‘ yon bag‘irlarida yashaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston BMT Xalqaro morxo'r kuni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made