Xitoy yong‘inlardan tashqari, yana bir tabiiy ofatdan katta zarar ko‘rdi

Olam

image

Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Sichuan provinsiyasining Shitsu okrugida 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatida 4000 dan ortiq odam zarar ko‘rgani aytilmoqda. 

Tabiiy ofat natijasida 84 qishloqning 790 dan ortiq uyi shikastlangan. Provinsiyaning mahalliy jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qilishicha, iqtisodiy zarar 79,83 million yuanga (taxminan 11.28 million dollar) baholanmoqda. Hozircha jabrlanganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.

Ma’lumot uchun, zilzila Gardza-Timbet avtonom tumanida 1 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:23 da yuz berdi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, silkinishlar markazi Sichuan poytaxti Chengdu shahridan 559 km uzoqlikda joylashgan. Bu hududda juda kam aholi  istiqomat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatning boshqa burchagida hukumat katta o‘rmon yong‘inlari bilan kurashmoqda. Yong‘inlar oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Zilzila Tabiiy ofat

Baholaganlar

415

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing