Xitoyda yo‘l o‘pirilishi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida ko‘p qatnovli yo‘l o‘pirilishi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CCTV xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l o‘pirilishi Meychjou shahridagi Meychjou-Dabu ekspress yo‘lining bir qismida soat 02:10 atrofida sodir bo‘lgan.

“Jami 49 kishi tan jarohati oldi, ulardan 19 nafari halok bo‘lgani tasdiqlandi. 30 nafar shaxs shifoxonada, ularning hayoti xavf ostida emas”, deyiladi xabarda.

Hozirda yo‘l yopilgan, qutqaruv ishlari hamon davom etmoqda. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy yo'l o'pirilishi\

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made