Xorazm hokimi Isroil Madrimovga uy sovg‘a qildi

Sport

image

Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov WBA chempioni Isroil Madrimovni ikki xonali uy bilan taqdirladi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, sportchi 8 mart kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomida rossiyalik charm qo‘lqop ustasi Magomed Qurbonovni texnik nokautga uchratib, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Madrimov Prezident sovg‘asi Chevrolet Tahoe avtomobili bilan taqdirlangandi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov bokschiga mayor harbiy unvonini topshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Isroil Madrimov Jo'rabek Rahimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing