Kia kompaniyasi O‘zbekistonda Sonet krossoverini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda

Biznes

image

2024 yilda ADM Jizzakh O‘zbekistonda Kia Sonet ixcham shahar krossoverini ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yadi. Sonet – brendning krossoverlari va yo‘ltanlamaslari qatoridagi eng ixcham modeldir. U Kia brendining kuzovni payvandlash, bo‘yash va yig‘ishni o‘z ichiga olgan to‘liq ishlab chiqarish siklidan(CKD) foydalangan holda ishlab chiqariladigan O‘zbekistondagi ilk avtomobiliga aylanadi. 2025 yilda presslab ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Kia Sonet`ni ishlab chiqarilishi ADM Jizzakh`ning eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yangi ishlab chiqarish maydonida amalga oshiriladi. Model uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish quvvatlari Kia Sonet`ning maxsus payvandlash liniyasini, unifikatsiyalangan kuzov, plastik elementlarni bo‘yash liniyalarini, yig‘ish liniyasini hamda yakuniy tekshirish va sinov liniyasini o‘z ichiga oladi. Majmua yiliga 100 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Ob’ektdagi barcha o‘rnatish va ishga tushirish ishlarini 2024 yil mart oyining oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Kia Sonet loyihasi doirasida O‘zbekistonda bir necha o‘nlab har xil turdagi butlovchi qismlar, bo‘g‘inlarni ishlab chiqarish va bunday operatsiyalarni mahalliylashtirish rejalashtirilgan. Bu esa Sonet’ni MDH hududida ishlab chiqarilgan barcha Kia modellari orasida mahalliylashtirilish darajasi eng yuqori bo‘lgan avtomobillardan biriga aylantiradi.

Kia ushbu avtomobilning yoshlarga xos uslubini ta’kidlab, Sonet’ni smart-crossover sifatida taqdim etdi. Shu bilan birga, Sonet’ning tashqi ko‘rinishida ishonchlilik va salobat mavjud bo‘lib, dizaynerlar uni transport oqimida boshqa avtomobillardan farqlab turuvchi qator original va zamonaviy vizual yechimlarni amalga oshirgan. 

Kia kompaniyasining prezidenti va bosh direktori Xo-sung Song Sonet’ni tanishtirar ekan, shunday dedi:

“Agressiv va zamonaviy dizayn, qiziqarli boshqaruv xarakteri va Kia tomonidan taklif etilayotgan ilg‘or texnologiyalar ushbu modelni brendning mijozlari uchun, ayniqsa, "Millenniallar" va "Z avlod" vakillari uchun eng jozibador qilishga bo‘lgan intilishining chinakam ifodasidir. Sonet – dunyoning barcha mintaqalarida krossover segmentiga tez o‘sib borayotgan talabga bizning javobimiz bo‘lib, yangi model Kia brendiga juda ko‘p yangi mijozlarni jalb qilish imkoniyatiga egadir”.

Kia Sonet ajoyib ishtiyoq bilan qabul qilindi: ishlab chiqarilishi boshlanganiga bir yil ham to‘lmagan bo‘lsa-da, u Hindistonda eng ko‘p sotilayotgan ixcham krossoverlardan biriga aylandi, 100 000 dan ortiq xaridor uni tanladi. Bunday muvaffaqiyatli natijalarga asoslanib, Kia dunyoning boshqa mintaqalarida ham modelni targ‘ib qilishni davom ettirdi. Sonet’ni to‘liq texnologik sikl bo‘yicha O‘zbekiston hududida ishlab chiqarish loyihasi ushbu dasturni amalga oshirishdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Bunday qaror brendning respublika bozorida keng miqyosdagi ishtirokini mustahkamlash va kengaytirish rejalarining jiddiyligini ta’kidlabgina qolmay, balki Kia’ning O‘zbekistondagi hamkorlarining professionalligi va ish sifatiga yuksak baho beradi.

Kia Sonet ixcham shahar krossoveri, ishlab chiqarish va sotuvlar boshlanishi sanalari, O‘zbekiston bozori uchun spetsifikatsiyalar haqidagi batafsil ma’lumotlar 2024 yilning bahor oylarida taqdim etiladi.

Telefon: +998 (55) 500-83-33

Sayt: kia.uz

Instagram: @kia__uzbekistan

Telegram: t.me/kia_rasmiy

Telegram-bot: t.me/kiauzbekistanbot

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing