Kiaʼning 2023 yil yakunlari bo‘yicha sotuv natijalari

Biznes

image

Mashhur Janubiy Koreya brendi O‘zbekistonda qanday natijalarga erishdi va Kiaʼning distribyutori o‘z oldiga yaqin kelajakda qanday maqsadlarni qo‘ymoqda? 

ADM Global kompaniyalar guruhi bir necha yillardan beri Kia avtomobillarini sotish bo‘yicha rekordlarni yangilab kelmoqda. Texnik xususiyatlari va narx siyosati bo‘yicha o‘zbekistonlik iste’molchilar uchun eng jozibador avtomahsulotni aniqlashga qaratilgan tadqiqot faoliyati to‘g‘ri rivojlanish strategiyasi va umuman biznes jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

2023 yil davomida Kia brendi O‘zbekiston avtomobil bozoridagi ulushini sezilarli darajada oshirishga erishdi. Sotuvlar hajmi 14 931 ta avtomobilni tashkil etdi, bu 2022 yildagi ko‘rsatkichlarga nisbatan uch barobarga ko‘proqdir. Ushbu natija brend uchun O‘zbekistondagi rekord ko‘rsatkich bo‘ldi.

Xususan, beshinchi avloddagi Kia Sportage modeli umumiy savdo hajmi 4965 dona avtomobilni tashkil etgan holda sotuvlar bo‘yicha yetakchiga aylandi. K5 biznes sedanining sotuvlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 36 foizga o‘sib, Kia markasi xaridorlari orasida mashhurlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab, ajoyib natijani namoyish etdi. Uchinchi o‘ringa ikki krossover, o‘rta o‘lchamli Sorento va ixcham Seltos sazovor bo‘ldi. Restaylingi o‘tkazilgandan so‘ng iste’molchilar orasida yanada ko‘proq e’tirof va ishonchga sazovor bo‘lib, eng kuchlilar reytingida yetakchi pozitsiyalarni egallay olgan Kia Seltos modeli alohida e’tiborga loyiqdir.

Ommaviy ovoz berish, shuningdek, O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi ekspertlari va hamkorlari tomonidan o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, Kia brendi VI “Yil brendi – 2022” tanlovining “Transport” nominatsiyasida g‘oliblikka erishdi. Ovoz berish natijalari, Kia brendi haqli ravishda birinchi o‘rinni egallaganini ko‘rsatdi. 

Erishilgan natijalar, Kia brendining O‘zbekiston bozorida mashhurligi hamda iste’molchilarning ishonchini qozona olganligidan dalolat beradi. 

ADM Global zamon bilan hamnafas bo‘lish va o‘z mijozlarini xushnud etish maqsadida faol ravishda bozorga Kiaʼning yangi modellarini kiritib, mavjud modellar qatorini modernizatsiya qilmoqda. 2023 yilda yangi mahsulotlar qatorida bozorga quyidagilar kiritildi: Seltosʼning yangilangan modeli, Kiaʼning ilk elektr krossoveri – EV6, K9 premium toifali biznes sedani va Bongo kam tonnali tijorat – yuk mashinasi. 

Bundan tashqari, kompaniya potensial mijozlarga xizmat ko‘rsatish qulayligi va avtomobillarining xaridorgirligini ta’minlash maqsadida O‘zbekistondagi dilerlik tarmog‘ini rivojlantirishda davom etmoqda. Bugungi kunga qadar 8 ta rasmiy dilerlik markazlari ochildi: Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro shaharlarida va Denov tumani markazida. 

ADM Global erishilgan natijalar bilangina kifoyalanib qolmayapti. 2024 yilda bir vaqtning o‘zida Kiaʼning 6 ta yangi modellari chiqarilishini rejalashtirmoqda: ular orasida brendning flagmani bo‘lgan to‘liq elektrda ishlovchi, to‘liq o‘lchamli EV9 krossoveri, ixcham va hamyonbop Sonet krossoveri va yangi gibrid model mavjud. Bundan tashqari, 2024 yilda Kiaʼning eng mashhur 4 ta modeli yangilanishlarga ega bo‘ladi. 

Yaqin kelajakda ADM Global kompaniyalar guruhi Kiaʼning O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirish va o‘z mavqeyini mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Brend bozorda yangi modellarni taqdim etishda va mavjudlarini yangilashda davom etib, mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilashga e’tibor qaratadi. 

Sayt | Instagram | Telegramm | Telegram-bot | Facebook 

Telefon: + 99855−500−83−33

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made