Kolumbiya universitetida Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqanlar hibsga olindi

Olam

image

Shlem va qalqonlar bilan jihozlangan Nyu-York politsiyasi kecha, 30 aprel kuni kechqurun Kolumbiya universiteti kampusiga kirib, binolardan birini egallab olgan Falastin tarafdori bo‘lgan namoyishchilarni hibsga oldi. Bu haqda “Associated Press” xabar qiladi.

Universitet vakilining aytishicha, ma’murlar "jamiyatda xavfsizlik va tartibni tiklash" uchun politsiyani chaqirishga qaror qilgan.

"Biz namoyishchilar o‘z harakatlari bilan vaziyatni keskinlashtirishni tanlaganidan afsusdamiz. Gamilton Holl ishg‘ol qilingani, vandal qilingani va yopib qo‘yilganini bilganimizdan so‘ng, boshqa tanlovimiz qolmadi", deydi universitet vakili. 

Kolumbiya universiteti prezidenti Minoush Shafik Nyu-York politsiya departamentiga yo‘llagan maktubida “hamma odamlarni Gamilton Holldan va kampusdagi lagerlardan olib chiqishga yordam berishni” va kamida 17 maygacha kampusda qolishni so‘radi.

Bu universitet imtihonlari va bitiruv marosimlari oldidan politsiyaning hozir bo‘lishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Amerika universitetlarida davom etayotgan Isroil va Falastinni qo‘llab-quvvatlagan namoyishlar tufayli 900 kishi, jumladan Yashillar partiyasidan prezidentlikka nomzod Jill Shtayn ham hibsga olingani, Falastin va Isroil tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergani xabar qilingandi.

Muqaddasxon Sattarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

N'yu-York Falastin Kolumbiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made