Kunni 26 soatga uzaytirish talab qilinmoqda

Bu qiziq

image

Norvegiyaning Vadsyo shahri meri Venche Pedersen bir sutkani 24 soat emas, 26 soat etib belgilash talabi bilan Yevropa komissiyasiga murojaat qildi. Bu haqda kecha, 11 aprel kuni mamlakatning NRK nashri xabar berdi.

Venche Pedersen kunni ikki soatga uzaytirish bo‘yicha g‘alati reja ishlab chiqib, o‘z mintaqasini targ‘ib qilishga qaror qildi. U Yevrokomissiyadan mamlakat hukumatini mintaqada 24 soat o‘rniga 26 soatlik vaqt zonasini o‘rnatishni ma’qullash majburiyatini yuklashni so‘ragan. 

Uning fikricha, ushbu chora aholiga o‘z oilalari bilan bo‘sh vaqtlarini o‘tkazish uchun ko‘proq vaqt berish orqali mahalliy qadriyatlarni mustahkamlaydi, shuningdek, mintaqaga yangi sayyohlar va yangi aholini jalb qiladi.

“G‘oyaning asl mohiyati shundaki, vaqt qimmatli manba bo‘lib, u uzoq shimolda yashashni yanada jozibador qiladi. Bu vaqtni oila va do‘stlar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun ishlatish mumkin”, deydi Pedersen.

Qolaversa, mer o‘z murojaatida Vadsyo aholisi odamlarga baliq tutish, ov qilish, yangi tillarni o‘rganish yoki yaqinlar bilan muloqot qilish kabi mashg‘ulotlar orqali ko‘proq vaqt o‘tkazish imkoniyatini taklif qilib, ushbu noyob hayot tarzini nishonlash va targ‘ib qilishga intilishini yozgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Myunxen Texnika Universiteti mutaxassislari Yer sayyorasining aylanishi sekinlashishga moyilligini aniqlashgandi. Shu sababli, hozirda 24 soat bo‘lgan sutka taxminan 200 million yildan keyin 25 soatga uzayishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

bir sutka vaqt Venche Pedersen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing