Levandovski faoliyatini Madridda davom ettiradimi?

Sport

image

“Atletiko Madrid” yozda yilning eng kutilmagan transferlaridan birini amalga oshirishi mumkin. Bu haqda sport jurnalisti Ruben Uria o‘z X sahifasida ma’lum qoldi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona”ning to‘purari Robert Levandovski Diyego Simeone jamoasining yangi hujumchisiga aylanishi mumkin.

Gap shundaki, “Barselona” yozda o‘z tarkibini sezilarli darajada yangilamoqchi, shuningdek, ish haqi foizini kamaytirmoqchi. Levandovski jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi, shuning uchun uning sotilishi klub uchun bir qator moliyaviy qulayliklar yaratadi.

Levandovskining ehtimoliy transferi Luis Suaresning “Barselona”dan «Atletiko Madrid»ga o‘tishi bilan solishtirilmoqda. Kataloniya klubini tark etgach, Suares 2020/21 yilgi mavsumda 21 ta gol urdi va “Atletiko” La Ligada g‘olib chiqdi.

Joriy mavsumda Levandovski barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Barselona” bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Atletiko Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing