Malayziyada brokonerlik uchun rekord miqdordagi jarima solindi

Olam

image

Malayziya shimolidagi Kuala-Trengan shahar sudi vetnamlik ikki nafar brokonerga rekord 375 ming AQSH  dollari miqdoridagi jarima belgiladi. Bu haqida The Star nashri xabar bermoqda.

Vetnamlik jinoyatchilar 2019 yilning aprelida qo‘lga olingan edi. Brokonerlar ushlanganida ularning yonidan bir necha o‘nlab leopard, malay ayig‘i, tapir terilari topilgan.  Shuningdek ularning yonida yovvoyi tabiatda bor yo‘g‘i 200 ta qolgan ikkita malay yo‘lbarsining bo‘laklangan tanasi ham borligi aniqlangan.

Sud qaroriga ko‘ra, brakonerlar jarimadan tashqari ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi. Jinoyatchilar belgilangan summani to‘lamasa 16 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. 

Malayziya tabiat qo‘riqxonasi va milliy bog‘i boshqarmasi boshlig‘i Datuk Hashim mamlakat hukumati hayvonlarni noqonuniy ovlashga qarshi kurashda davom etishi, brokonerlarga nisbatan keskin va qat’iy kurash olib borilishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing