“Manchester Yunayted” Tomas uchun 50 million yevro to‘lashga tayyor
Sport
−
22 may 2019
2157“Atletiko” yarim himoyachisi Tomas Partey “Qizil iblislar” safiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Footbal Ghana xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” klubi 25 yoshli yarim himoyachi uchun 50 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashi mumkin. Futbolchining agentlari “MYU” vakillari bilan muzokaralar olib borgan.
“Atletiko” yarim himoyachisi yozda “Mankunianliklar”ni erkin futbolchi sifatida tark etadigan Ander Erreraga munosib nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Ma’lumot uchun, Ganalik futbolchi ushbu mavsumda “Atletiko” tarkibida 32 bor asosiy tarkibda maydonga tushgan va 3 golga mualliflik qilgan.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023