Mart butun dunyo bo‘ylab eng issiq oy bo‘ldi

Bu qiziq

image

2024 yil mart oyi butun dunyo bo‘ylab rekord darajadagi eng issiq mart bo‘ldi. Bu haqda Yevropa iqlim xizmati Copernicus hisobotida aytiladi.

Copernicus ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyida sayyora yuzasida o‘rtacha harorat 14,14 darajani tashkil etdi. Bu 1991 yildan 2020 yilgacha mart oyidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 0,73 darajaga yuqori.

Oxirgi 12 oy davomida (2023 yil aprelidan 2024 yilning martigacha) global o‘rtacha harorat ham rekord darajadagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu 1850-1900 yillardagi sanoatdan oldingi davrga nisbatan 1,58 daraja yuqori edi.

“2024 yilning mart oyida havo harorati va okean yuzasi harorati bo‘yicha qator iqlim rekordlari davom etmoqda. Keyingi isishni to‘xtatish uchun issiqxona gazlari chiqindilarini tez kamaytirish talab etiladi”, deydi Copernicus direktori o‘rinbosari Samanta Berjess.

Yevropadan tashqari Shimoliy Amerika, Grenlandiya, Rossiyaning sharqiy qismida, Markaziy Amerikada, Janubiy Amerikaning bir qismida, Afrikaning ko‘plab qismlarida, Avstraliya janubida va Antarktidaning ayrim qismlarida o‘rtacha haroratdan yuqori harorat qayd etilgan.

Shunday qilib, mart oyidagi o‘rtacha global dengiz yuzasi harorati 21,07 darajaga etdi. Bu tarixdagi eng yuqori oylik ko‘rsatkichdir. O‘tgan oy Antarktidadagi dengiz muzlari darajasi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 20 foiz past edi.

Ma’lumot uchun, 2024 yil yanvar va fevral oylari ham jahon tarixidagi eng issiq oylar sifatida tan olingan.

Olimlarning fikricha, joriy yil 2023 yildagi rekord darajadagi issiqdan ham issiqroq bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing