Mastercard aksiya e’lon qiladi: yo‘lkira narxi 1000 so‘m

Biznes

image

Aksiya 15 yanvarda 9 ta shaharda start oldi: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch, Xiva, Namangan, Qarshi, Andijon. 

“Mastercard bilan qatnov” aksiyasi jamoat transportida yo‘l haqini 1000 so‘mga tushirish imkonini beradi. Taklifdan foydalanish uchun yo‘lovchi avtobusga chiqaverishda yoki Toshkent metropolitenining turniketida joylashgan ATTO validatoriga Mastercard kartasini tekkizish orqali yo‘l haqini to‘lashi kerak.

Kontaktsiz to‘lovlar 20 yil oldin bozorda ilk Mastercard kontaktsiz plastik kartalari paydo bo‘lganida yuzaga kelgandi. Mastercard® Contactless (avvalgi MasterCard PayPass) texnologiyasi to‘lovlarni kartani terminalga bir marta tekkizish orqali o‘tkazish imkonini beradi. Bu to‘lovning xavfsiz, tezkor va ekologik toza usuli sanaladi.

“Mastercard bilan har qanday sayohat qulayroq va foydaliroq bo‘ladi, hatto bu shaharning boshidan adog‘igacha qisqa sayr bo‘lsa ham. Kontaktsiz bank kartasi bilan yo‘l haqini to‘lash – “aqlli shaharlar” konsepsiyasining uzviy qismi bo‘lib, uni rivojlantirish ustida Mastercard butun dunyo bo‘ylab ish olib bormoqda. Buning mohiyatida insonlar hayotini yaxshilash yotadi.

Transport tizimini qo‘llab-quvvatlash va innovatsion yechimlarni joriy qilishda ko‘maklashish – O‘zbekistondagi faoliyatimizning yo‘nalishlaridan biridir. Mastercard texnologiyalari bilan shahar infratuzilmasi shaharliklar va sayyohlar uchun yanada qulay va do‘stona bo‘ladi”, deydi kompaniyaning O‘zbekiston va Belarusdagi bosh direktori Denis Filippov.

Yo‘l haqining maxsus narxi Mastercard'ning kobeyjingdan tashqari istalgan kartalari bilan to‘lashda amal qiladi. Kobeyjing kartalari – bu bir vaqtda ikkita to‘lov tizimi tomonidan chiqarilgan kartalardir. Ularda Mastercard logotipidan tashqari, boshqa to‘lov tizimi (masalan, Uzcard yoki Humo) logotipi ham bo‘ladi.

“Mastercard bilan qatnov” aksiyasi Toshkentda 2024 yil 15 fevralgacha, boshqa shaharlarda – 2024 yil 15 aprelgacha davom etadi. Tashkilotchi aksiya muddatini uzaytirish yoki qisqartirish huquqiga ega.

Mastercard kartasini quyidagi banklarda ochish mumkin: ANORBANK, Asia alliance bank, Asaka Bank, Ipoteka Bank, Ipak Yo’li bank, Kapitalbank, NBU, Orient Finans Bank, Octobank, Tenge Bank, Trastbank, Turonbank, O'zsanoatqurilishbank.

“Mastercard bilan qatnov” aksiyasi tafsilotlari bilan saytda yoki Instagram'da tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun:

Mastercard (NYSE: MA) — to‘lov industriyasida ishlovchi global texnologik kompaniya. Bizning missiyamiz – xavfsiz, sodda, texnologik va hammabop tranzaksiyalarni ta’minlab, barchaga va barcha joyda afzallik beruvchi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va kuchaytirish. Himoyalangan ma’lumotlar va tarmoqlardan foydalanib, hamkorlik va ilhom manbalariga tayanib, biz insonlarga, moliya institutlariga, hukumatlarga va biznesga yordam beradigan innovatsiyalar va yechimlarni taqdim etamiz. Bizning madaniyatimiz va kompaniyaning ichida hamda uning tashqarisida qilayotgan bor sa’y-harakatimiz ma’naviyat koeffitsiyenti (decency quotient, DQ)ga muvofiq aniqlanadi. Biz 210 dan ziyod iqtisodiyotda biznes yuritamiz va barcha uchun bebaho imkoniyatlar eshigini ochuvchi barqaror olamni kashf etamiz.

 Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing