Microsoft asoschisining kolleksiyasi rekord darajada qimmatga sotildi

Bu qiziq

image

Microsoft asoschisi Pol Allenning san’at kolleksiyasi 10-11 avgust kunlari “Christie” modalar uyida auksionga qo‘yildi va 1,6 milliard dollarlik sotuvi bilan rekord o‘rnatdi. Bu haqda “CNBC” nashri ma’lum qildi. 

Auksion uyi Allen kolleksiyasidan 150 ta asarni 1,6 milliard AQSH dollariga sotdi. Jumladan kolleksiyaga tegishli beshta rasmning har biri 100 million dollardan oshiq narxga baholangan. Kolleksiyadagi Jorj Syoraning “Les Poseuses, Ensemble” surati 149,2 million dollarga sotilgan. Bundan tashqari yana bir nechta asarlar o‘z bahosidan uch yoki to‘rt baravar qimmatga xarid qilingan. 

Avvalgi rekord Garri va Linda Maklou kolleksiyasi tomonidan “Sotheby” auksioniga tegishli edi. O‘shanda barcha asarlar umumiy hisobda 922 million dollarga sotilgandi. Allen kolleksiyasi esa 1,62 milliard dollar qiymatidagi savdosi bilan ushbu rekordni yangiladi. 

“Christie”ning bildirishicha, auksionda 19 ta mamlakatdan kelgan xaridorlar ishtirok etgan.

Shuningdek, Nyu-Yorkdagi Flatiron binosida yashovchi Edvard Stayxenning mashhur surati 11,8 million dollarga sotilgan va u tarixdagi eng qimmat ikkinchi fotosuratga aylangan.

“Bu shuni ko‘rsatadiki, sifatli va noyob ob’ektlar egasi bo‘lish uchun odamlar borini sarflaydi”, dedi Gagosia mega-galereyasining bosh operatsion direktori Endryu Fabrikant.

Barcha tushumlar xayriya ishlariga yo‘naltirilishi aytilmoqda. Chunki Allen o‘z boyligining kamida yarmini xayriya qilishga va’da berib, shartnoma tuzgan.

Eslatib o‘tamiz, Britaniya qiroli Charlz III ning bolalikda rangli qalamlar bilan chizgan suratlari Charlz Henson auksionida 46 ming funt sterling (taqriban 59 ming AQSH dollari)ga sotildi.


Maqola muallifi

Teglar

rekord Microsoft kollektsiya qimmat Christie

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made