Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan JSTga a’zo bo‘lish jarayonini muhokama qildi

Jamiyat

0011245547

Bugun, 23 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘zining maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi.

Suhbat davomida Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yuzasidan muzokaralar jarayoni hamda Xalqaro tijorat sudi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning borishi muhokama qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Bundan tashqari, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturining ustuvor yo‘nalishlari, shu jumladan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv ta’minoti sohalaridagi yangilanishlar ko‘rib chiqilgan.

Ma’lumot uchun, Suma Chakrabartini nafaqat Shavkat Mirziyoyev, balki Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning ham maslahatchisi sanaladi. U 8 yil davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga rahbarlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishida Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha barcha texnik ishlarni yakunlaganini ma’lum qilgandi. Iyun oyida esa O‘zbekiston  Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston JST Suma Chakrabarti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing