Maskning miya chipi o‘rnatilgan falaj bemor kompyuter sichqonchasini boshqardi

Texnologiya

image

Amerikalik milliarder Ilon Maskga tegishli Neuralink kompaniyasi inson miyasiga chip o‘rnatish tajribalarida ilk bor muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi. 

Bildirilishicha, kompaniyaning neurochipi o‘rnatilgan birinchi bemor shunchaki fikrlash orqali kompyuter sichqonchasini boshqara olgan. 

“Tajriba yaxshi o‘tyapti. Bemor yomon asoratlarsiz to‘liq tuzalib ketganga o‘xshaydi. Hozirda u shunchaki o‘ylash orqali sichqonchani ekran atrofida harakatlantira oladi”, deydi Mask.

Milliarderning fikricha, kompaniyaning implantlari uzoq muddatga autizm, depressiya, shizofreniya va boshqa kasalliklarni davolashda yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning may oyida Ilon Maskning miya chiplarini ishlab chiqaruvchi Neuralink kompaniyasi klinik sinovlarni odamlarda o‘tkazishga ruxsat olgandi. Shundan so‘ng, neyrotexnologiya kompaniyasi falaj insonlarni miyasiga chip o‘rnatish bo‘yicha klinik sinovlar uchun ko‘ngillilarni qidira boshladi. 2024 yanvar oyiga kelib, neyrochip ilk marta odam miyasiga o‘rnatildi


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask chip Neuralink Miya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing