Muxlislar yozda El-Klasiko ko‘radigan bo‘ldi

Sport

image

“Barselona” 2024 yil yozida AQSH bo‘ylab turne o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi 28 iyul kuni AQSHga yo‘l oladi va uchta shaharda: Orlando, Nyu-Jersi va Baltimorda o‘ynaydi. “Barselona”ning raqiblari “Manchester Siti” (30 iyul), “Real” (3 avgust) va “Milan” (6 avgust) bo‘ladi.

Shuningdek, turnedan maqsad nafaqat pul ishlash, balki Amerika bozorida o‘z ta’sirini kengaytirish uchun turli ijtimoiy tadbirlar o‘tkazish hisoblanadi.

O‘tgan yili “Barselona”ning safari Los-Anjeles, Las-Vegas va Dallas shaharlariga bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, 29-turdan keyin “Barselona” 64 ochko bilan La Ligada 2-o‘rinni egallab turibdi. “Real” esa 72 ochko to‘plab, chempionatda peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

El'-Klasiko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing