O‘zbekistonning birinchi Aloqa vaziri vafot etdi
Jamiyat
−
16 may 2019
4434Bugun, 16 may kuni aloqa sohasida ko‘p yillar samarali xizmat qilgan mehnat faxriysi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqachi Komiljon Rahimov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Komiljon Rahimov 1985 — 1995 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vaziri lavozimida, 1995 —1998 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari sifatida mehnat qilgan. Komiljon Rahimovning xizmatlari alohida e’tirof etilib, O‘zbekistonning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan.
Marhumning janoza namozi bugun soat 17:00 da Urganch shahridagi uyida bo‘ladi.
QALAMPIR.UZ tahririyati Komiljon Rahimovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 may kuni O‘zbekiston xalq yozuvchisi TohirMalik ham 72 yoshida vafot etdi.
LiveBarchasi