Navalniyning dafn marosimini o‘tkazgan ruhoniy jazolandi. U uch yil tavba qiladi

Olam

image

Moskva va butun rus patriarxi Kirill muxolifatchi Aleksey Navalniyning dafn marosimini o‘tkazgan ruhoniy Dimitriy Safronovni uch yilga ruhoniylikdan chetlatdi. Patriarxning bu haqdagi farmoni e’lon qilindi.

Hujjatda aytilishicha,  ruhoniy Safronov uch yillik muddatga Moskvadagi Noviye Vorotniki shahridagi Pimen cherkoviga maxsus tarbiyaviy topshiriqlarni bajarish va tavba qilish uchun yuboriladi.

"Tavba qilish muddati tugaganidan so‘ng, itoatkorlik joyidan olingan fikr-mulohazalar asosida uning keyingi ruhoniylik xizmatini o‘tashi mumkinligi haqida qaror qabul qilinadi", deyiladi farmonda.

Qayd etilishicha, Safronov Navalniy qabrida xotira marosimini o‘tkazishdan tashqari, Rossiya rasmiylarini siyosatchining jasadini oilasiga topshirishga chaqirgan. Ko‘pchilikning murojaati ortidan, Navalniyning jasadi Putinning tanqidchisi vafot etgani aytilgan sanadan to‘qqiz kun o‘tib, onasiga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Naval'niyning dafn marosimi ruhoniy Dimitriy Safronov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar