Nilufar Hamidova behayo chiqishlari uchun ogohlantirildi

Madaniyat-san’at

image

Aktrisa va boshlovchi Nilufar Hamidova ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari va turli konsertlardagi ishtiroki davomida odob-axloq qoidasini buzgani uchun “O‘zbekkonsert” tomonidan ogohlantirildi. Bu haqda davlat muassasasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi. 

“So‘nggi paytlarda konsert-tomosha sohasida Nilufar Hamidovaning odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlar qilishi hamda tomoshabinlarning his-tuyg‘ularini haqorat qiluvchi holatlari keng jamoatchilikning haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan”, deyiladi xabarda. 

Jumladan, Hamidova “Million” jamoasining konsert dasturida tashkilotchilar qarshi bo‘lsa-da, yarim-yalang‘och ko‘rinishda sahnaga chiqqan.

“Bu harakati bilan u konsert-tomosha faoliyati uchun berilgan litsenziya talab va shartlarini buzgan”, deyilgan “O‘zbekkonsert”ning bu to‘g‘ridagi munosabatida. 

Shu bois “O‘zbekkonsert” mas’ul xodimlari u bilan bilan suhbat o‘tkazib, bundan buyon litsenziya talab va shartlariga rioya qilishi, agarda shu kabi holat yana takrorlansa, qonuniy chora ko‘rilishi haqida ogohlantirgan.

Shuningdek, “Million” ijodiy jamoasi rahbari Davron Qobulov bilan ham suhbat o‘tkazilib, unga ham jamoaning keyingi dasturlariga Nilufar Hamidovani taklif qilmaslik tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

ogohlantirish Nilufar Hamidova odob-axloq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing