Odam savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik Rossiyada qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Rossiyaning Kirov shahrida odam savdosida gumonlanib, davlatlararo qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining viloyat boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

IIV Bosh boshqarmasi xodimlari Buxoro shahridagi hamkasblaridan Rossiyada yashirinib yurgan 2003 yilda tug‘ilgan shaxs haqida ma’lumot olgan. Mazkur shaxs O‘zbekistonda Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha sirtdan hibsga olingan.

Rossiya politsiyasi yigitni topib, hibsga oldi. Gumonlanuvchining tan olishicha, u "bir qizni sotgani" uchun qidiruvga berilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak O‘zbekistonga  ekstraditsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyaning Amur viloyati Svobodnenskiy tumanida politsiya xodimlari 1993 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik erkakni qo‘lga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya odam savdosi Kirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing