OpenAI o‘zbekistonliklarga ChatGPT'dan foydalanishga ruxsat berdi

Texnologiya

image

Sun’iy intellektga asoslangan, so‘rovlar bo‘yicha ma’lumot beruvchi ChatGPT xizmati o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun ochildi. Bu haqda OpenAI platformasida ma’lum qilindi.

Qayd etish joizki, ushbu xizmatdan o‘zbekistonliklar avval faqat VPNʼni yoqqan holda, chet el raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin edi. Endilikda O‘zbekistondagi aloqa operatorlari raqamlari orqali ham ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

“Biz ko‘plab mamlakatlar, mintaqalar va hududlarga API ruxsatini taqdim eta olganimizdan faxrlanamiz va har doim ko‘proq qo‘shib boramiz. Geografik xilma-xillik va keng tarqalgan imtiyozlar biz uchun juda muhim va biz xavfsiz kirishni ta’minlay oladigan joylar sonini ko‘paytirish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. Agar joylashuvingiz hozirda API ruxsatini qo‘llab-quvvatlamasa, yangilanishlarni keyinroq tekshiring”, deyiladi platformada keltirilgan xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, ChatGPT – suhbat qurish, koddagi xatolarni qidirish, she’r yozish, skript yozish va hatto bahslashishga qodir bo‘lgan chat-bot hisoblanadi. 

ChatGPT OpenAI kompaniyasining yangi chat-boti har qanday foydalanuvchi uchun mavjud bo‘lgan birinchi ko‘p vazifali sun’iy intellekt hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston ChatGPT OpenAI

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made